1. Biz kim va bu xizmat nima qiladi
AI Biznes Yordamchi — tadbirkorlarga Instagram, Facebook Messenger va WhatsApp'dagi
mijoz xabarlariga sun'iy intellekt yordamida avtomatik javob berish imkonini beruvchi xizmat.
Xizmat rasmiy Meta Graph API asosida ishlaydi.
2. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz
Tadbirkor (xizmatdan foydalanuvchi) haqida: email manzil, parolning kriptografik
hash'i (parolning o'zi saqlanmaydi), biznes haqida o'zingiz kiritgan ma'lumot
(mahsulotlar, narxlar, manzil, ish vaqti), obuna holati.
Meta ulanishi orqali: Instagram/Facebook/WhatsApp kirish tokenlari va akkaunt
identifikatorlari — bular faqat sizning nomingizdan xabarlarga javob berish uchun ishlatiladi.
Mijozlar (sizga yozganlar) haqida: xabar matni, yuborilgan ovoz/rasm/video,
Meta bergan foydalanuvchi identifikatori (ismi yoki telefon raqami emas) va xabar vaqti.
3. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz
Yig'ilgan ma'lumot faqat quyidagilar uchun ishlatiladi: mijoz xabariga mazmunan javob
yozish, suhbat kontekstini saqlash, xizmat statistikasini ko'rsatish va obunani boshqarish.
Biz ma'lumotlaringizni sotmaymiz, reklama uchun ishlatmaymiz va uchinchi shaxslarga
bermaymiz.
4. Uchinchi tomon xizmatlari
Javob matnini yaratish uchun xabar mazmuni ADM AI tomonidan qayta ishlanadi.
Xabarlarni qabul qilish va yuborish Meta Platforms API'lari orqali amalga oshiriladi.
Boshqa uchinchi tomonlarga ma'lumot uzatilmaydi.
5. Saqlash muddati va xavfsizlik
Ma'lumotlar Yevropada joylashgan serverda saqlanadi. Har bir suhbatdan oxirgi bir necha
xabar konteksti saqlanadi, eskilari avtomatik o'chiriladi. Ulanish HTTPS orqali shifrlanadi,
parollar scrypt algoritmi bilan hash qilinadi, Meta webhook so'rovlari kriptografik imzo
bilan tekshiriladi.
6. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki butunlay o'chirishni talab
qilishingiz mumkin. Buning uchun
ma'lumotlarni o'chirish
sahifasiga qarang yoki
info@admai.uz ga yozing.
Instagram ulanishini dashboarddan yoki Instagram sozlamalaridan istalgan payt uzishingiz mumkin.
7. Rekvizitlar va aloqa
Ma'lumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxs (data controller):
| Tashkilot nomi |
"TGROUP" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT |
| Qisqartirilgan nom |
"TGROUP" MChJ |
| STIR (INN) |
312963267 |
| Yuridik manzil |
Namangan viloyati, Chust tumani, Chust shahri, Bofanda MFY, Xamid Olimjon ko'chasi, 115-uy |
| Hisob raqami |
20208000607487304001 |
| Bank |
Aloqabank |
| MFO |
00401 |
| QQS stavkasi |
12% |
| Telefon |
+998 94 939 22 50 |
| Email |
info@admai.uz |
English summary
This service lets businesses auto-reply to their Instagram, Messenger and WhatsApp
customers using AI. We collect the business owner's email and business description, Meta
access tokens, and incoming customer messages (text, voice, images) with Meta-provided user
IDs. Message content is processed by ADM AI to generate a reply. We do not sell or share
your data. Data is stored on servers in Europe, encrypted in transit. To request access or
deletion of your data, see
/data-deletion or email
info@admai.uz.